«O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» institutimiz talabalari finalda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yil boshida iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasini ilgari surgan edi. Har bir hududdan 100 tadan g‘oya — jami 1400 ta g‘oya yig‘ilishi rejalashtirilgan. «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasining birinchi bosqichi viloyatlar kesimida o’tkazilgan bo’lib respublika bo’yicha jami 1400ta loyiha va g’oyalar yarim finalga chiqishga yo’llanma olgan, yarim finalda esa respublika bo’yicha 245 nafar ishtirokchining loyihasi munosib deb topilib finalga yo’llanmani qo’lga kiritishgan.
Quvonarlisi ushbu finalchilar orasida bizning talablar ham joy olgan va bugungi kunda final uchun o’z loyiha va g’oyalari ustida ishlab kelmoqda.
Gidromelioratsiya fakulteti 2-kurs talabasi Bektashov Behro'z Nuriddin o'g'li
Gidromelioratsiya fakulteti 3-kurs Tursunqulov Avazbek Odiljon o'g'li
Gidravlika va muxandislik gidralogiyasi mutaxassisligida 1-bosqich magistranti Turdiyev Akbarali Usmon o'g'li
Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Xurramov Muxriddin Hasanovich
«O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» tanlovining finalchilariga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!