"Yil talabasi -2019" tanlovi g'oliblari taqdirlandi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 11-noyabrdan 17-noyabrgacha bo'lib o'tadigan "Yoshlar haftaligi - 2019" loyihasi institut rahbariyati hamda faol-iqtidorli talabalar ishtirokidagi yig'ilish bo’lib o’tdi. Uni institut rektori, professor Umurzakov O'ktam Pardayevich o'z kirish so'zlari bilan tantanali tarzda ochib berdilar. Ustozimiz o’z nutqida bugungi kunda yoshlarning jamiyatdagi o'rni, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, yurtboshimizning beshta muhim tashabbuslarini targ'ib qilish, amalga oshirish barchamiz uchun asosiy vazifa bo'lishini ta'kidlab o'tdilar.
Ochilish marosimi ko'tarinki ruhda davom etar ekan, rektorimiz bir qancha savollar bilan talabalarga murojaat qildilar. So'ngra ''Yil talabasi - 2019'' ko'rik- tanlovining g'olib va ishtirokchilarini taqdirlash marosimiga navbat berildi. 7 - nominatsiya bo'yicha 1-2-3- o'rin sohiblarini institut rektori shaxsan tabrikladilar va faxriy yorliqlarni topshirdilar. G'olib bo'lgan yil talabasi 2019 tanlovi g'oliblari ma'naviy rag'batlantirildi. Yoshlarimiz olg'a intilishdan to'xtamaydi. Bizni oldinda ahil jamoa ishtirokidagi tanlovlar va tadbirlar kutmoqda!
Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov