“Temuriylar tarixi” muzeyida
Bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqadida "Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 105 - guruh talabalari va guruh murabbiyi Axmedjanova G.T rahbarligida “Temuriylar tarixi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Talabalarga “Temuriylar tarixi” muzeyi bilan to‘laroq tanishtirish niyatida ekskursiya o‘tkazildi. Ekskursiya talabalarga muzey xodimi boshchiligida to‘liq tanishtirib berildi. Talabalar “Temuriylar tarixi” muzeyida Islom Karimovning Amir Temurga bo‘lgan hurmatni ifodalovchi dil so‘zlari va “Temir tuzuklari” dan keltirilgan iboralar eksponatlarini mazmunan boyitgan. Ko‘rgazma zalining markazidagi devoriy tasvirdan “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” nomi 3 qismdan iborat asar o‘rin olganligini ko‘rdilar. Talabalar o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni oldilar. Tashrif jarayonida talabalar muzey xodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi, berilgan savollarga aniq javoblar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati