Muzeylar - qadriyatlarni shakllantirish maskani
O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach, shu zaminda asrlar osha istiqomat qilib kelgan avlodu-ajdodlarimiz orzu-umidlari ro’yobga chiqa boshladi. Bu esa istiqlol yo’lida to’kilgan qutlug’ qonning natijasi, xalq yo’lining qaror topishi hamda adolatning tantansi bo’ldi. Ajdodlarni yod olgan holda institutimizning QSXET fakulteti “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketing” ta’lim yo’nalishi 1-kurs 110-guruh talabalari guruh murabbiysi A. Mustafoqulov boshchiligida shahrimizda joylashgan “Qatag’on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Talabalar muzeylar madaniy-ma'rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ularni ma'naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi vositalaridan biri ekanligiga yana bir bor iqror bo’ldilar. So’z so’ngida shuni aytish kerakki, Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o`zgarishlarni amalga oshirish jarayonida, jamiyat a`zolarini, demokratik tafakkur va milliy g’oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda muzeylarning ahamiyati ortib bormoqda. Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma`naviyatini uning tarixi o`ziga xos urf-odat va an`analari, hayotiy qadriyatlardan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi.
TIQXMMI matbuot xizmati