Moskvalik olimning tashrifi va ma'ruzasi
"Menejment" kafedrasi xodimlari tomonidan 2020 - yil 14 - fevral kuni Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha Yevrosiyo markazi katta ilmiy xodimi Konyushkova M. V. ning "Sustainable soil management and digital agriculture" (Barqaror tuproq menejmenti va raqamli qishloq xo'jaligini boshqarish) mavzusidagi ma'ruzasi tashkil etildi.
Ma'ruzada "Suv xo'jaligini boshqarish va tashkil etish" fakulteti, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talabalari, kafedra professor-o'qituvchilari va boshqa qiziquvchilar ishtirok etishdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov