Sayr-u sayohat - tanga rohat, aqlga quvvat
14-fevral kuni Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning haftaning dam olish kunlarida bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularni poytaxtimizning tabarruk qadamjolari hamda diqqatga sazovor joylariga tashriflarini amalga oshirish yuzasidan Zangiota ziyoratgohi majmuasi hamda muzeylarga (O'zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Xalq amaliy san'ati muzeyi) tashrif amalga oshirildi. Ular bundan olam-olam taassurot olishdi. Muzeyning moziyga oyna ekanini chinakam ma'noda his etishdi. Bu harakatning tizimli va manzilli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
TIQXMMI matbuot xizmati