Suvdan samarali foydalanish - davr talabi
Institutning bir guruh professor - o‘qituvchilari Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4801 sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan “Irrigatsiya va melioratsiya” ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda 2022-yilda rejalashtirilgan ob’ektlarini ta’mirlash ishlarining birlamchi hujjatlari bilan tanishishdi, ilmiy texnik tomondan tavsiya va takliflar berishdi.
Jizzax viloyatida irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash orqali mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga erishiladi. “Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “H.Olimjon”, “S.Sindarov”, “Oxunboboev”, “S.Raximov” va “Mustaqillik” FXHUlarida kollektor tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida bajarilgan ishlar bilan tanishildi. Ob’ektlar bilan tanishish jarayonidan foto lavhalar quyida keltirib o‘tilgan.
Mirzacho‘l tumanining «Abay», «Toshkent» va «Mustaqillik kelajagi» hududlarida kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishildi hamda ob’ektdagi ilmiy-amaliy jurnalga ma’lumotlar qayd qilindi. 2022-yillarda Jizzax viloyatida irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya ob’ektlarini ta’mirlash ishlarini birlamchi hujjatlarini ko‘rish hamda ilmiy texnik tomondan tavsiya va takliflar berildi.
Xizmat safari davomida 2021 yilda “Irrigatsiya va melioratsiya” obʼektlarini qurish, taʼmirlash va tiklash jarayonida kuzatilgan muammolar yuzasidan xamda kelgusida ularni oldini olish boʼyicha fikr almashilindi.
Maʼlumot tayyorladi: “Irrigatsiya va melioratsiya”
kafedrasi professori Matyakubov B.Sh.