YeRB fakultetida talabalar kengashi raisi saylandi
Joriy yilning okyabr oyida "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbayev Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan fakultetga qarashli akademik litsey yotoqxonasi ma’naviyat xonasida talaba-yoshlar o‘rtasida, “Yotoqxona tartib intizomi va unda rioya qilish qoidalari” to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbati har bir qavatning ma’naviyat honasida o‘tkazildi. Shuningdek, yotohona kengash raisi Mamatov Mashrab, 3 - qavat sardori Dehqonov Murod, 2 - qavat Eshquvatov Ilhom, tozalik uchun mas’ul, gazeta - jurnallar uchun mas’ul va sport musobaqalari uchun mas’ul kengash a’zolari saylab olindi.
Saylab olingan kengash a’zolariga bir qancha vazifalar yuklatildi. Davra suhbatida fakultet dekani Sh.Narbayev TTJ da istiqomat qilayotgan talabalarga qarata yotoqxonada barcha sharoitlar mavjudligi undan oqilona foydalanish, haftaning har juma kungi tadbirida barcha talabalar faol bo‘lishlari hamda obodonlashtirish jamoat ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov