Pskom GESiga tashrif
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 24.03.2017 yil PQ 3702-sonli va “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” 20.04.2017 yil PQ 2909-sonli qarorlarining ijrosi bo‘yicha TIQXMIIda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Institut rektori O‘.P.Umurzakov tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab-chiqarish integratsiyasini jadallashtirish, tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishni ta’minlash uchun chora-tadbirlar rejasini bajarish maqsadida Pskom Gidroelektrostansiyasi hududiga institutning “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi mudiri, professor D.R.Bazarov va kafedra a’zolari amaliy tashrif bilan borishdi.
Tashrif davomida Pskom daryosida qurilayotgan Gidroelektrostansiyasida olib borilayotgan loyihalar va qurilish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, TIQXMII professor-o‘qituvchilari va dunyoning nufuzli ilmiy dargohlari mutaxassislari bilan hamkorlikda “qo‘shimcha mutaxassislik ta’limi” dasturlarini amalga oshirish, tashkilot tasarrufidagi xodimlarning malakasini oshirish, ularda texnik, loyiha, smeta hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, qurilish ob’ektlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, oliy ta’limga jalb qilish rejasi kelishib olindi. Shu bilan birga “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi filialini ochish hamda amaliyotlarni onlayn tarzda tashkilotning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda olib borish vazifalari tashrif davomida belgilab olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati