Yer resurslarini boshqarish fakulteti murabbiylar kengashi raisi hisoboti
2020 yilning 16 iyun kuni institutda 2019-2020 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy-tarbiyaviy ishlar yuzasidan Yer resurslarini boshqarish fakulteti murabbiylari kengashi raisi A.Muqimovning hisoboti eshitildi. Mazkur hisobot yig‘ilishida fakultet dekan boshchiligida barcha murabbiylar hamda fakultetda ta’lim-tarbiyaga mas’ul kishilar ishtirok etishdi. Hisobot yig‘ilishi ZOOM platformasi orqali masofadan turib amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur yig‘ilishda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriyev ham institut Bosh murabbiyi Z.Ismoilovalar ham ishtirok etdi.
Kun tartibidagi muhokama etilgan masala yakunlangan o‘quv yilida Yer resurslarini boshqarish fakultetida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy-tarbiyaviy ishlarning amalga oshirilganligi holati hamda mazkur yo‘nalishda qilingan ishlar sarhisobi bo‘ldi. Hisobotda fakultet bosh murabbiyi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, guruh murabbiylarining yil davomidagi faoliyati, pandemiya sharoitida murabbiylarining talabalar bilan masofadan turib ishlashida erishilgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.
Hisobot eshitilgandan so‘ng jarayon savol-javob tarzida davom etib, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriev, institut Bosh murabbiyi Z.Ismoilova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarov, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Berdimurodov, Gidromelioratsiya fakulteti bosh murabbiyi D.Nazaraliyevlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Hisobot yakunida guruh murabbiylarining taklif va mulohazalari eshitildi.
TIQXMMI matbuot xizmati