Ishlab chiqarish korxonasida 5+1 dasturi asosida dars mashg‘ulotlari boshlandi
Institutning “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasida bu o‘quv yilida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetining Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarini qo‘llash ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalariga Traktorlar va transport vositalari fanidan dars mashg‘ulotlari rejalashtirilgan. 15 sentyabr kuni talabalarga rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari kafedrani “UzKlaasAgro” QKda joylashgan o‘quv xonasida qo‘shma korxona bosh mutaxassisi Babaev X.M. va kafedra assistenti Xudoykulov R.F. hamkorligida o‘tkazildi.
Talabalarga korxonada ishlab chiqarilayotgan traktorlar va qishloq xo‘jaligi texnikalari haqida va ularda qo‘llanilgan innovatsion yechimlar haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berildi. Dars davomida traktorlarni paydo bo‘lish tarixiga va traktorlarga qo‘yiladigan talablarga to‘xtalib o‘tildi. Talabalar ishlab chiqarish korxonasida tashkil qilingan dars mashg‘ulotidan o‘zlariga foydali ma’lumotlarni olishganlarini aytib o‘tdilar. Kafedrada 5+1 dasturi asosidagi dars mashg‘ulotlari semestr davomida davom ettirilishi rejalashtirilgan.
YOBIB dekan muovini K.Usmonov
TIQXMMI matbuot xizmati