Suv resurslarini boshqarishdagi islohotlar
Joriy yil 15 oktabr kuni Avstraliya - O'zbekiston suv xo'jaligi islohotlarini amalga oshirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda ikki davlat suv resurslarini boshqarishdagi muammolar, tajribalar va kelajakdagi istiqbolli rejalari haqida fikr-mulohazalar olib borildi. Tashkil etilgan tadbirda institutimizning bir qancha iqtidorli talaba va magistrantlari o’zlarining savol va takliflari bilan faol ishtirok etishdi. Bunday seminarlarni tashkil etish har ikkala davlat uchun ham katta ahamiyat kasb etadi va kelajakda suv resurslarini boshqarishda muhim tajriba almashinuvlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir va ushbu yo’nalishda xorijiy tajribalarni o’rganish, o’zaro fikr almashinish yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarni oldini olishda hamda amaliy loyihalarni qo’llab-quvvatlash shuningdek, ularni hayotga tadbiq etishda o’zining ijobiy natijalarini beradi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini
tashkil etish bo'limi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati