Muzeylar - tariximiz ko'zgusi
Muzey - bu tabiat tarixi, moddiy va ma'naviy yodgorliklarni yig'ish, o'rganish, saqlash va namoyish qilish, shunungdek, ma'rifiy va ommalashtirish ishlari bilan shug'ullanadigan muassasa. Yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning o'rni beqiyosligini anglatish maqsadida, joriy yilning 15- oktabr kuni Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti xotin- qizlar kengashi raisi
Ra'no Kodirova, fakultet 1- bosqich talaba qizlari Institutimizda joylashgan Abdulla Oripov muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog'ida ular vatanimizning ulug' farzandi, qahramoni Abdulla Oripovning xalq oldida ko'rsatgan ijod sahifalaridan o'zlariga katta sijoat olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati