Xotin-qizlar masalasida xamrohlikda yondashuv

2021-yil 15 – oktyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Mirzo-Ulug‘bek tumani IIB, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash”  instituti, Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi “Mustaqillik” MFY lar bilan hamkorlikda “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga kompleks yordam ko‘rsatish va qo‘llab – quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida onlayn hamda oflayn tarzda vebinar o‘tkazildi.

Vebinarga institut professor-o‘qituvchilari va talaba qizlar taklif etildi. Vebinarni institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ismailova Zuhra Qarabaevna ochib berdi. Ular tashkil etilgan vebinarning mazmun mohiyati haqida gapirib, jahon miqyosidagi statistika va umumiy tendensiyalarga nazar tashlasangiz, oilaviy zo‘ravonlikdan asosan ayollar jabr ko‘rayotgani ma’lum bo‘ladi. Lekin bu mutlaq xarakterga ega emas, ya’ni oilada erkak kishining ham ayoli yoki ota-onaning farzandlar yoxud boshqa oila a’zolari tomonidan ruhiy bosim ostida yashab kelishi kuzatiladi. Bu ham oilaviy zo‘ravonlikning bir ko‘rinishi sanaladi. Chunki, mazkur holatda shaxsning birlamchi huquqlari buziladi, natijada jabrlangan shaxs jiddiy psixosomatik kasalliklar orttirishi yoki boshqa ayanchli holatlari ro‘y berishi mumkin. Oilaviy zo‘ravonlikning eng og‘ir oqibatlaridan yana biri farzandlar ruhiy holati va axloqiga yetkaziladigan jiddiy zarardir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qancha qaror, Farmonlari qabul qilingan bo‘lib, ular asosida barcha xotin-qizlarimiz uchun soha yo‘nalishlari bo‘yicha Bizning mentalitetda oila oliy qadriyat sanaladi. Farzandlar kattalarga hurmat, an’analarga sodiqlik ruhida tarbiyalanadi.

Biroq bugungi kunda oilada ayollarning huquqi va shaxs erkinligi masalalari e’tibordan chetda qolayotganligni kuzatish mumkin. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazi direktori Rasulova Muqaddam "Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga maxsus xizmatlar faoliyatini tashkil etish va ularga manzilli ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish", Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi bo‘limi boshlig‘i psixologiya fanlari nomzodi Ismaylova Ra’no Nuraevna "O‘z joniga qasd qilishning oiladagi zo‘ravonlikka bog‘liqligi", Mirzo Ulug‘bek tumani Xotin - qizlar va oila masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan Molashxiya Tamara Yurevna "Oilada zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni himoya qilish", Mirzo Ulug‘bek tumani 7-sonli IIB katta leytenanti Axmedova Albina Abdulxaevna "Xozirgi kunda xotin-qizlarni sog‘lig‘ini va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora -tadbirlari. (norkamaniya, ruhiy kasallik)", "Mustaqillik" mahallasi MFY rais o‘rinbosari Muxamedjanova Durdona Shoshiy qizi "Obod mahalla" tamoyilining asosiy mezonlari va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati" mavzusidagi ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Ma’ruzalar mavzusi ishtirokchilarda katta qiziqish o‘yg‘otdi. Oiladagi zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha idoralaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha savol javob va taqdimotlar bo‘lib-o‘tdi.

TIQXMMI matbuot xizmati