Aqliy o‘yin zavqi
Ma’lumki, 2001 yilda YUNESKO qaroriga binoan har yili noyabr oyida “Jahon falsafa kuni” nishonlanib kelmoqda. Xuddi shu maqsadda 2 - TTJda “Gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan “Jahon falsafa kuni” arafasida tezkor, tezfahm, topqir talabalar o‘rtasida ularning bidim va saviyasi va intellektual salohiyatini sinashga qaratilgan “IQ-SHOU” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 2, 3 – TTJlarda istiqomat qiladigan talabalar va institut qoshidagi akademik litsey yotoqxonasida yashovchi talabalardan tarkib topgan “LIDER”, “PROGRESS” va “EVEREST” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Tadbir tashkilotchilari sifatida “Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov, tarbiyachi-pedagog, psixolog Diorom Sagdullayevalarning xizmati katta bo‘ldi. Shuningdek, intellektual musobaqada kuzatuvchi va baholovchi sifatida “GIM” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ortiq Ro‘ziboyev qatnashdi. Tadbirni tashkilotchi va tashabbuskorlarning iltimosiga muvofiq ustoz Rahimboy Jumaniyozov boshqarib bordi.
Unda “PROGRESS” jamoasi a’zolari o‘zlarining topqirligi va bilmdonligi bilan ajralib turishdi. Raqib jamoalardan tezfahmlik va intellektual salohiyati bilan ustun bo‘lgan “Yer foydalanish va yer kadastri” hamda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetlari talabalaridan iborat bo‘lgan Jahongir Mirzo Vahobov sardorligidagi “PROGRESS” jamoasi 60 ball to‘plab g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinni 50 ball bilan “GIM” va “QSXEA” talabalaridan tarkib topgan Shahzod Abdurazzoqova rahbarligidagi “LIDER” jamoasi, 30 ball bilan, “GM” fakulteti talabalaridan iborat, Fotima Mamajonova boshchiligidagi “EVEREST” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
Talabalarga musobaqa yakunida o‘yin natijasiga qarab faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari va kitoblar taqdim etildi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining assistenti Bahriddin Muqimov, 2- TTJ tarbiyachi psixologi Dilorom Sagdullayeva, “GIM” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ortiq Ro‘ziboyevlar axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov