“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti professor-oʼqituvchilari targʼibot tadbirlarida
2020-yil 14-noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining kafedra mudirlari va professor-oʼqituvchilari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun - mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oʼrtachirchiq tumanidagi biriktirilgan mahallalarda “Yangi Oʼzbekiston - yangi dunyoqarash” shiori ostida maʼnaviy targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.Oʼrta Chirchiq tumanidagi 53-sonli maktabda Jaloir MFYda istiqomat qiluvchi aholi bilan “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri, dotsent А.R.Babajanov, ushbu kafedra professori, i.f.d. А. S. Аltiev, Yer resurslarini boshqarish fakulteti dekani Sh.K.Narbaevlar ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.Uchrashuvda professor А.Аltiev Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda olib borayotgan islohotlar, aholining ijtimoiy turmush tarzini yaxshilash, farovonligini taʼminlashga qaratilgan ustuvor vazifalar toʼgʼrisida maʼruza qildi. Dotsent А.Babajanov mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar, yoshlar siyosati, barkamol va intellektual avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʼgʼrisida maʼruza qilib berdilar. Аholini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
2020- yil 14- noyabrkuni soat 10.00 da Oʼrta Chirchiq tumanidagi 16-sonli maktabda Rovatak MFYda istiqomat qiluvchi aholi bilan “Oliy matematika” kafedrasi mudiri va ushbu kafedra professor-oʼqituvchilari ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda F.Toʼraev mamlakatimizda soʼngi yillarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, taʼlim tizimini rivojlantirish sohasidagi ustuvor vazifalar, ayniqsa keyingi yillarda maktabgacha va oʼrta maktablarda yosh avlodni oʼqitish va tarbiyalash, ularni “Yangi Oʼzbekiston”ning kelajagi uchun tayyorlash kabi dolzarb vazifalar haqida maʼruza qildi. Uchrashuv aholi tomonidan berilgan savol-javoblar bilan qiziqarli va mazmunli oʼtdi. 2020 -yil 14 -noyabr kuni soat 14.00 da Oʼrta Chirchiq tumanidagi 53-sonli maktabda Xoʼja Uchqun MFYda istiqomat qiluvchi aholi bilan “Davlat kadastrlari” kafedrasi mudiri, dotsent Q.Raxmonov, ushbu kafedra professor-oʼqituvchilari ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda dotsent Q.Raxmonov mamlakatimizda taʼlim sohasida olib borayotgan islohotlar, Prezidentimizning ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish boʼyicha ustuvor vazifalar toʼgʼrisida maʼruza qildi. Uchrashuvlarning badiiy qismida taklif etilgan sanʼatkorlar, maktab oʼquvchilari jamoasi tomonidan tayyorlangan qoʼshiq, raqs hamda sport oʼyinlari namoyish qilindi. Tadbirlar qiziqarli va mazmunli oʼtdi.Uchrashuvda mahalla raislari, uch yuzga yaqin mahalliy aholi hamda maktab jamoalari faol ishtirok etib, tadbirni yuqori saviyada tashkil etishga va uni mazmunli oʼtkazilishiga oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati