Yangi yilga munosib munosabat
Respublikamizning barcha hududlarida bir yilda barchamiz orziqib kutadigan eng yaxshi bayramlardan biri Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Buning isbotini barcha ko'chalarda, хiyobonlarda, hududlarda, ta'lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus bayram tadbiri uchun joylar, dasturlar, bezatilgan archalar, binolar misolida ko'rishimiz mumkin. Toshkent shahrida xususan, bizning institutimizda ham yangi yil bayram shukuhini atrofga qarab, sezish qiyin emas. Yaqinda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutning bir guruh iqtidorli, iste'dodli talabalari hamda rus guruhlarida ta'lim oluvchi tashabbuskor talabalari tomonidan "Yangi yil bayrami talabalar talqinida" nomli talabalar uchun Yangi yil bayram Karnavalini tashkil etish va o'tkazish tashabbusi Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotiga bildirilgandi. Institut rahbariyati, Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti, institut Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan talabalar tomonidan bildirilgan tashabbus qo'llab-quvvatlanib, bayram dasturi hamda tashkiliy ishlar amalga oshirildi. 2019-yil 15-dekabr kuni Institutning barcha fakultetlari hamda magistratura bo'limidan jami 280 nafar talabalar uchun bayram tadbiri tashkil etib berildi.
Tashkiliy ishlarning moliyalashtirish masalalarining barchasi institut rahbariyati tomonidan, ajoyib bayram dasturxonini tuzash esa institut Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan hal etildi. Mana shu bildirilgan tashabbusni qo'llab-quvvatlab, yoshlarning takliflarini qabul qilgan institut rahbariyatiga, institut Kasaba uyushmasi qo'mitasiga, barcha barchaga institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti nomidan, barcha talabalar nomidan minnatdorchilik izhor etamiz. Shuni anglab yetdikki, bunday tadbirlar ham kerak ekan. Do'stlik, tanishuv, hamjihatlik qadriyatlari, fakultetlar talabalari bir- biri bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi keyinchalik o'z-o'zini boshqarish tizimida amaliy ishlar mexanizmi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Tadbir juda ham ajoyib o'tdi. Barcha talabalar xursand, oilasi davrasiga yaxshi kayfiyat bilan qaytishdi. Sovg'alar ulashildi. Ertak qahramonlari, Qorbobo, qorqiz, Super Dj va sahna chiqishlari, qiziqarli o'yinlar, raqslarni qamrab olgan dastur talabalarda unitilmas onlar shakllanishiga sabab bo'ldi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, institut rektori va barcha prorektorlari ishonch bilan yoshlar davrasiga tashrif buyurib, tadbirni ochib berdi.
Bizga eng katta quvonch ham mana shudir. Rahmat sizlarning ishonchingizni oqlash va yangi loyihalar qilishda davom etamiz. Yaqinlashib kelayotgan yangi 2020 yil barchamizga omadli kelsin.
Institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda Institut Kasaba uyushmasi qo'mitasi axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov