Iqtidorli talabalarga e’tibor kun sayin ortib bormoqda
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa hozirda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni ba’zida so’z bilan ta’rif etishga qiynalasan kishi. Ana shunday ulkan imkoniyatlardan yana biri yaqinda muhtaram prezidentimiz tomonidan qabul qilingan PF-6309 “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonlari iqtidorli yoshlarni yanada ruhlantirib yubordi desak adashmagan bo’lamiz.
Joriy yil 17-sentabr kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti, birinchi bosqich talabalari ishtirokida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi tashabbusi bilan, ayni shu maqsadlarni o’z oldiga qo’ygan, kelajakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalarning sovrindori bo’lish istagida bo’lgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda bugungi kunda iqtidorli talabalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, o’tkaziladigan tanlovlar haqida va boshqa ko’plab ma’lumotlar berildi.
Shuningdek uchrashuvda 2020-2021 o’quv yili magistratura bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi Akbarov Dilmurod ham ishtirok etib ushbu yuksak mukofotga erishish yo’lida qilgan ishlari va o’zining ko’plab taassurotlari bilan talabalarda katta qiziqish uyg’otdi. Talabalar bunday uchrashuvlarni ko’proq o’tkazish va bu o’z navbatida katta tajriba hamda ko’plab ma’lumotlar olishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tishdi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini
tashkil etish bo'limi