Dekan kubogi uchun

Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta eʼtibor koʼrsatib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbus aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan. Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, respublikamizda mavjud barcha oliy taʼlim muassasasida sport bilan shugʼullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud.

Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti joriy yilning 15 oktyabr kuni fakultet dekani Sh.Narbaev va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi H.Tojiboev tashabbusi bilan 1 - kurs talaba-yoshlar oʼrtasida “Sport sogʼliq garovi” shiori ostida “Dekan kubogi” sport haftaligi boshlandi. Bugun ushbu sport haftalikni birinchi kuni. Ushbu musobaqada fakultetimizni iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland 1 -kurs talabalari guruhlar miqyosida sportning futbol turi boʼyicha oʼzaro bellashishdi. Yuqori kayfiyatda boʼlib oʼtgan ushbu musobaqamizda uchunchi oʼrinni 1 - kurs 6 - guruhi, ikkinchi oʼrinni 1 - kurs 9 - guruhi, faxrli birinchi oʼrini 1 - kurs 5 - guruh talabalari egallashdi. Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu musobaqa fakultetdagi sport haftaligini ochilishi desak boʼladi. Hafta davomida sportni boshqa turlari boʼyicha ham musobaqalar tashkillashtiriladi.

YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati