Yaxshi dam – mehnatga hamdam

Har oyda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti jamoasi professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talaba qizlar uchun teatrga borish, hordiq chiqarish tashkil etiladi. Bunda nafaqat dam olish, balki, ma’naviy ozuqa olish, jamoa bilan birga xamsuhbatda bo‘lish maqsadida ma’naviy va madaniy hordiq bilan o‘tadi. Bu albatta ularning kelgusidagi ish faoliyatiga, jamoa jipsligiga ijobiy ta’sir qiladi.

Bu safargi dam olish, ya’ni  teatrga borish institutda ishlayotgan  ayol professor-o‘qituvchilar va ayol xodimlar va talaba qizlar bilan birga institut xotin-qizlar maslaxat kengashi raisi Z.Ismailova bilan birga O‘zbek milliy Akademik Drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Andishali kelinchak ” nomli musiqiy sahna ko‘rinishini tamosha qilishga tashrif buyurdilar.

 Teatr tomosha qilib, dam olish zo‘r o‘tdi, tashkilotchilarga katta rahmat, – deydi ayol professor-o‘qituvchilar. Rahbariyatimizning mana shunday imkoniyatlari barchamizga juda ma’qul, birinchidan, fakultetlardagi va institutdagi barcha ayollar bilan yanada ahl bo‘lib ishlashimizga yordam beradi. Shu bohona bir-biridan ayollar nafaqat ish bilan, oilasi bilan, farzandlari bilan ovora bo‘libgina qolmasdan balki dam olishni  ham o‘rganadi, tajriba almashadi. Bu yaxshi. Qolaversa, bunday imkoniyatlar kuchimizga kuch, shijoatimizga shijoat qo‘shishiga ishonaman. Biz yana bir bor institut jamoasiga katta minnatdorchilik bildirib qolamiz.

TIQXMMI matbuot xizmati