Giyohvandlik – asr illati
2018 yil 18 dekabr kuni Institut maʼruzalar zalida “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba yoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bilan hamkorlikda taʼlim muassasalari talaba yoshlari orasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor Q.Shavazov, Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi yetakchi eksperti Jumanova Saodat Sodiqovna, “SXTE va B” fakulteti dekani O.Kucharov, Yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Z.Haydarov, guruh murabbiylari hamda 156 nafar talabalar ishtirok etdi. Tadbirni prorektor Q.Shavazov kirish soʻzi ochib berib, mavzu doirasida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi, shundan soʻng maʼruzachiga navbatni berdi.
Maʼruzachi S. Jumanova mamlakatimizda giyohvandlik va narkotik moddalarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan amaliy harakatlar, narkotik moddalarning inson salomatligiga oʻta salbiy zararlari va uning oqibatlari, narkotik moddalari bilan kasallangan insonlarni davolash va reabilitatsiya qilish markazlari va narkodispanserlar faoliyati boʻyicha maʼlumotlar berildi. Tadbir qizgʻin savol-javoblar va munozaralar asosida oʻtdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani oʻrinbosari J.Turdiyev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov