Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining tashrifi
Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi sohasida zamonaviy sharoitlarda ish faoliyatini tashkillashtirishning ilgʻor uslub va shakllarini egallagan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak maʼnaviy-ahloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, yuqori bilimli, malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish doirasida, 2018-2019 oʻquv yili boʻyicha Qibray tumani Energetika kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini oliy taʼlimda oʻquv faoliyatini davom ettirishga jalb etish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida, 2019-yil 26-mart kuni kollej bitiruvchilarining Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrifi tashkil etildi.
Qibray tumani Energetika kasb-hunar kollejining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Uygʻunxoʻjayev, ishlab chiqarish taʼlim ustalari E.Qoraboyev hamda N.Meyliyevlar boshchiligida tashrif buyurgan 60 nafar oʻquvchi-yoshlari “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Sh.Berdiyev tomonidan kutib olindi.
Tashrif tasdiqlangan yoʻl xaritasi asosida tashkil etilib, kollej oʻquvchilari institut rektorati, ARM, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi institut Kengashi faoliyati, D-oʻquv laboratoriyasi, “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti faoliyati hamda fakultetning oʻquv laboratoriya xonalari, ularning imkoniyatlari bilan tanishtirildi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov