Ishlab chiqarish amaliyotida

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektorining 2020 yil 20 fevraldagi  109/t-sonli “Ishlab chiqarish” amaliyotini tashkil qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishloq va suv xo‘jaligining energiya ta’minoti” fakulteti 5430200-Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabalari bilan 2020 yil 25 fevral kuni “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti R.Yunusov boshchiligida Chirchiq Ohangaron “Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi”ga qarashli (ITXB), Nasos stansiyalari energetika bo‘limida (NSEB), Mutaxassislar tomonidan Texnika xavfsizlik qoidalari bilan  tanishtirilib, korxonaning tashkil qilinishi hozirgi faoliyati hamda korxonadagi yangi ishchi xodimlar va mutaxassislarning ustoz-shogird an’anasiga amal qilgan holda ish olib borishi jarayoni bilan tanishtirilib  chiqildi.

 Talabalar korxonadagi foydalanilayotgan texnikalar, uskunalar va chet eldan keltirilgan zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan yaqindan tanishib, ularni qanday ishlatilishi to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan to‘liq tanishtirib o‘tildi.

  Bajarilayotgan ish jarayonini bevosita ko‘rib institutda olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog‘lash hamda ishlab chiqarish korxonalarida nimalarga e’tibor berish     kerakligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar olishdi.

Chirchiq Ohangaron “Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi”ga qarashli (ITXB), Nasos stansiyalari energetika bo‘limida (NSEB) kabi ishlab chiqarish korxonalaridagi jarayonlar barcha 4-kurs talabalari uchun qiziqarli va savol javoblarga boy bo‘ldi.

 

 

ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov axboroti

 Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov