Ma’daniy hordiq va ma’naviy ozuqa
Talaba-yoshlarimizning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ularni teatr, musiqa va sanʼatga boʼlgan qiziqishlarini yanada oshirish yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusining birinchi tashabbusi doirasida 2021-yilning 19-fevral kuni institutimiz Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori R.Choriyev boshchiligida professor o’qituvchilar hamda 70 ga yaqin faol talabalarimiz Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat akademik katta teatriga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida professor-o’qituvchilarimiz va talabalarimiz teatr binosi bilan yaqindan tanishdilar. Teatr foyesi va zallarining milliy anʼanalarimizga xos tarzda bezatilgani, naqshinkor devorlar va ustunlarning binoga oʼzgacha koʼrk va tarovat berib turgani ularda hayratlanish hissini uygʼotdi. Tashrif davomida teatr repertuaridan o’rin olgan “Tumor” raqs konsert dasturini maroq bilan tomosha qilishdi. Konsert ta’surotlarga boy bo’lib unda talabalarimiz o’zbek va turli xalqlar milliy raqslarini maroq bilan tomosha qilishdi.
Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat vama’rifat bo’limi M.Baratov Axboroti
TIQXMMI matbuot xizmat