Investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili
2021-yil 18-sentyabr kuni B-bino 109 “Turonbank” ATBning “Innovatsion ilmiy-amaliy tadqiqot markazi” xonasida “Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning mamlakatimiz iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.Taqdimot “Turonbank” ATB Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi direktor o‘rinbosari Muazzamov Akmal Akbar o‘g‘li tomonidan qilindi. Muazzamov Akmal 2017 yilda institutimizni “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishin tugatganligi seminar ishtirokchilari bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni uchun yoqimli holat bo‘ldi.
Seminarda “Turonbank” ATB tomonidan yurtimizda limonchilikni va qo‘ychilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar aniq misollar asosida ko‘rsatib berildi. Keyingi yillarda bank yurtimizda gulchilikni rivojlantirish masalalariga ham katta e’tibor qaratayotgani bayon etildi. Seminar savol javoblarga boy, qiziqarli, eng muhimi fakultetimiz professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari va faol talabalari uchun foydali bo‘ldi.
TIQXMMI matbuot xizmati