Dolzarb mavzudagi seminar-trening
Bugun 20 fevralda institutimizning 4-ma’ruzalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Bosh ilmiy kotibi N.S. Mamadalieva ishtirokida “Grant loyihalarini shakllantirish hamda ilmiy ishlar natijalarini tijoratlashtirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningda ITI va IPKT bo‘limi boshlig‘i Sh.Imomov, bo‘lim yetakchi mutaxassisi O. Abdusamatov, IIIT bo‘limi boshlig‘i M.Sarimsaqov hamda kafedra mudirlari va loyiha rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar-treningda N.S.Mamadalieva ma’ruza qilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Seminar-trening qizg‘in, muzokaralar tarzida olib borildi.
IIITB boshlig‘i M.Sarimsaqov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov