Talaba qizlar bilan suhbat
2019 - yil 20 - fevral kuni soat 19:30 da 3 - TTJda talabalarning tibbiy sohadagi bilimini oshirish va har xil noxush holatlardan talabalarni himoya qilish maqsadida, Institumiz xotin-qizlar qomitasi hamda “Orom” tibbiy bolimi bilan hamkorlikda talaba qizlar bilan suhbat amalga oshirildi.
Ushbu suhbatda “Orom” tibbiy bolimi bosh shifokori B Eshniyozov, hamshira G Hasanova 3 - TTJ direktori Z.Yoliyev 3 - TTJ tarbiyachi pedagogi A Xaitova 3 - TTJ mudiri I. Qurbonov Institumiz xotin-qizlar qomitasi raisi Z. Xafizova “YRB” fakulteti dekani Sh. Muqimov dekan muovini X. Eshova “QXM” dekan muovini I. Raximov hamda talaba qizlar qatnashishdi.
Ushbu tadbirda xotin-qizlar qomitasi raisi Z. Xafizova “Orom” tibbiy bolimi bosh shifokori B. Eshniyozov “YRB” fakulteti dekani Sh. Muqimovlar sozga chiqishdi.
Tadbir davomida TTJ tibbiyot bolimining yoqligi sababli qizlar tomonidan noxush holatlar kelib chiqayotganligi tadbir mavzusiga aylandi. TTJ ma'muriyati tomonidan ushbu noxush holatlarning oldini olish maqsadida TTJ va “Orom” tibbiy bolimi bilan hamkorlikda TTJda tibbiy bolim ochilishiga kelishildi.
Tadbir songida institutimiz hamda “Orom” tibbiy bolimi bilan birgalikda 2019 - yil 21 - fevraldan soat 17:00 dan 22:00 gacha TTJda tibbiy bolim oz faoliyatini boshlashi aytib o`tildi.
Tarbiyachi-pedagog Xaitova Aziza axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov