Ona tili-bu millatning ruhidir…
2021-yil 20-oktyabr kuni 3-TTJ da “Til-millat ruhi” deb nomlangan tadbir tashkil qilindi. Tadbirni 3-TTJ tarbiyachi-pedagogi A. Xaitova, 3-TTJ talabalar kengashi raisi Sh.Ismatov, faol talabalardan O.Pardayeva, A. Xushbakovlar tashkillashtirdi. Tadbirda QXM fakultetining 1-bosqich talabalari faol ishtirok etdi. Tadbirda o`zbek tilini madh etuvchi she`rlar aytildi hamda lobar qizlarimiz tomonidan go`zal raqs, qo`shiqlar va go`zal alla ijro etildi. Til-davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma`naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi ekanligi aytib o`tildi. Tadbirda o`zbek tili va adabiyoti kafedra mudiri F.Qilichova, ustozlardan R.Kadirova, U.Usmonovlar hamda QXM fakultetining “Qishloq xo`jaligi mashinalari” kafedrasi dotsenti P.Berdimurodov, QSXET fakultetidan T.Boyzakovlar ishtirok etdi.
Tadbirda o`zbek tili va adabiyoti kafedra o`qituvchisi R.Kadirova so`zga chiqib o`zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o`tilgan qiyinchiliklardan tortib xozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog`onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa`y-harakatlar, tilimizni e`zozlash uning davlat tili sifatidagi maqomi va jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma`naviy burchimiz bo`lib qolishi uqtirildi. Har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etish ta`kidlandi. Faol ishtirok etgan talabalarga minnatdorchilik bildirildi.
Axborot beruvchi: 3-TTJ tarbiyachi-pedagogi A.Xaitova
TIQXMMI matbuot xizmati