“Eng gullagan yoshlik chog‘imda”
Joriy yilning 15 noyabr kuni B-bino 112-o‘quv xonasida GTQ fakultetining 65 nafar talaba qizlari o‘rtasida “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi psixologi Mahmud Yo‘ldoshev, "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" kafedrasi professori D.Qo‘chqorova va "Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari" kafedrasi dotsenti F.Yunusova ishtirok etishdi.
Tadbirda Qurolli Kuchlar akademiyasi psixologi Mahmud Yo‘ldoshev, ChGvaMG kafedrasi professori D.Qo‘chqorova va GIvaMK kafedrasi dotsenti F.Yunusova o‘z ma’ruzalarida “Ta’lim-tarbiya barcha zamonlarda barcha millat va xalqlarni o‘zaro yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi omil ekanligini va insoniyat ongida dunyoni bilish, uni yana va yana kashf etish, bu orqali esa “o‘z”ligini anglashga intilish hissini shakllantirishga xizmat qilgan.
Hozirgi dunyodagi mavjud murakkab mafkuraviy vaziyat yoshlarimizda mafkuraviy immunitetini tarbiyalash ishlarini yanada faollashtirish kerakligini talab qiladi. Hozirgi kunning vazifasi yoshlarimizda kelajagimizga bo‘lgan ishonchni, mustaqil, ijodiy fikrlashni shakllantirish, Vatanning taqdiriga mas’ullik hissini yanada yuksaltirish kabilardan iboratdir. Shuningdek, bizga yot bo‘lgan odatlar va qarashlarga nisbatan sobit e’tiqodni, immunitetni yaratishdir”-deb ta’kidlashdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov