Oila va nikoh muqaddas birlik
2018-yil 21 - dekabrda institutning 1 - maʼruzalar zalida (QSXET, YERB, GTQ, KXM fakultetlarining talabalari) “Erta nikoh va oiladagi ajrimlarning oldini olish” mavzusida umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Ushbu yigilishda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani FHDYO boʻlimining katta inspektori G.Yuldasheva qatnashib, talaba qizlarga erta nikoh va ajrimlarning oldini olish boʻyicha maʼruza qildi. Hozirgi kunda sodir etilayotgan yosh oilalar oʻrtasidagi ajrimlar, qaynona bilan kelinlar oʻrtasidagi kelishmovchiklar natijasida ajrimlar soni oshib borayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi. Shundan soʻng talaba qizlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga hayotiy misollar tarzida javoblar olishdi.
Institut xotin-qizlar qoʻmitasining raisi Z.Xafizova axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov