Malayziyaning UCSI universiteti bilan xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi
Institutning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish maqsadida Malayziyaning UCSI universiteti bilan muzokaralar olib borildi. Uchrashuvda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi xodimi Elbek, UCSI universitetining Xalqaro reyting va ichki audit bo‘limi boshlig‘i Nur Zahdi Bin Mohd Nor Aldin, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Chan Joe Jim, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Roland Chan, Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi Rashidova Kamilla hamda institut nomidan Xalqaro hamkorlik prorektori A.Salohiddinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov, Menejment kafedra mudiri M.Li, Buxoro filiali Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Q.Sabirov ishtirok etishdi.
Uchrashuvni elchixona xodimi Elbek uchrashuv ishtirokchilarni tanishtirish bilan boshladi. UCSI universiteti o‘zining taqdimoti bilan boshladi. Taqdimotda universitetning 1986-yilda tashkil topishi, turli shaharlarda joylashgan kampuslari, erishgan yutuqlari va professor-o‘qituvchilar hamda talabalari haqida ma’lumot berildi. So‘ngra institutimiz haqida batafsil yoritilgan videorolik ko‘rsatib o‘tildi. Uchrashuvda har ikki tomonning mushtarak manfaati uchun suv resurslarini boshqarish, ekologiya, menejment kabi yo‘nalishlar belgilab olindi. Uchrashuvda natijasi o‘laroq ikki tomonlama anglashinuv memorandum imzolanishiga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: UCSI universiteti QS da 391 o‘rinni qayd qilgan. UCSI universiteti - Malayziyaning Kuala-Lumpur shaxridagi keng qamrovli universitet hisoblanadi. UCSI universiteti tibbiyot, farmatsevtika, muhandislik, AT, amaliy fanlar, biznes, arxitektura, musiqa, ijtimoiy fanlar, ijodiy san’at va mexmondo‘stlikni o‘z ichiga olgan bakalavriat, magistratura va doktorantura darajasida turli ixtisosliklarni taklif etadi.
TIQXMMI matbuot xizmati