TIQXMMI Qarshi filialida 2021-2022 o‘quv yili uchun vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlarni filial sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 20 iyuldagi majlisi 2-son bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02/15-4/1-3634-sonli xatida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida TIQXMMI Qarshi filialida 2021-2022 o‘quv yili uchun vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlarni sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul qilish uchun suhbat komissiyasi 2021 yilning 19 oktyabr sanasida o‘z ishini boshladi.  Komissiya raisi, filial direktori Z.Muqimov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi majlisi 1-son bayoni (20-ilovasi) bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish” Tartibi bilan belgilab berilgan suhbat o‘tkazilishi tartib-qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi. Suhbat natijalari 100 ballik tizimda baholanishi va saralash bali 55 balldan iborat ekanligini bildirdi. Suhbat jarayonida tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlarning mehnat faoliyatini olib boriayotgan soha bo‘yicha umumiy ma’lumotga egaligi, lavozim vazifalari, oliy ma’lumot olishdan maqsadi aniqlanishini ta’kidladi. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlarni filial Sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish va uning natijalarini belgilash bo‘yicha suhbat komissiya yig‘ilishini ochiq deb e’lon qildi.

Qabul komissiyasi mas’ul kotibi D.Quvvatov tomonidan filial Sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlarni suhbat o‘tkazilishi uchun auditoriyaga taklif etildi. Qabul komissiyasi mas’ul kotibi  D.Quvvatov so‘zga chiqib, qatnashchilarni filial direktorining 2021 yil 11 oktyabrdagi “2021/2022 o‘quv yili uchun tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlarni sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  317A/F – sonli buyrug‘i (1-ilovasi)ga asosan taqdiqlangan suhbat komissiyasining tarkibini tanishtirdi. Suhbat komissiyasi ishida ishtirok etish uchun Surxondaryo suv ta’minoti MChJ ning iqtisod bo‘limi boshlig‘i X.Buriev, bosh muhandis E.Boltaev, Qashqadaryo suv ta’minoti MChJ ning kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Bekmurodova, bosh dipetcheri G‘.Bo‘riev, Koson DMQQ MChJ kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Burxonov, Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Safarov va Qashqadaryo Agroservis MTP MChJ ning kadrlar bo‘limi boshlig‘i F.Toshtemirovalar filialga tashrif buyurishdi.

Abiturientlar baholash mezonlari va suhbat o‘tkazish tartib qoidalari bilan tanishtirildi va tayyorgarlik ko‘rib bo‘lgach suhbat jarayoni boshlandi. Abiturientlar suhbat komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Komissiya a’zolari abiturientlarning savollarga bergan javoblarini baholab bordi. Qabul komissiyasi mas’ul kotibi D.Quvvatov, suhbat jarayoni yakunlanganligini e’lon qilib, abiturientlarga suhbat natijalari bir ozdan so‘ng e’lon qilinishini aytib o‘tdi.  Suhbat komissiya raisi va a’zolari tomonidan 2021-2022 o‘quv yili uchun Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlarni filial Sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbatga qo‘yilgan o‘rtacha ballni hisoblab chiqdi va komissiyaning xulosasini e’lon qildi. Komissiya xulosasiga asosan Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlarning barchasi talabalikka tavsiya etildi va ularga kelgusida o‘z sohalarida yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlarini va soha rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga yuksak ishonch bildirildi.

TIQXMMI Qarshi filialida 2021-2022 o‘quv yili uchun vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarni filial sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat tashkil etildi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 20 iyuldagi majlisi 2-son bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02/15-4/1-3634-sonli xatida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida TIQXMMI Qarshi filialida 2021-2022 o‘quv yili uchun vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlarni sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul qilish uchun suhbat komissiyasi 2021 yilning 19 oktyabr sanasida o‘z ishini boshladi. Komissiya raisi, filial direktori Z.Muqimov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi majlisi 1-son bayoni (20-ilovasi) bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish” Tartibi bilan belgilab berilgan suhbat o‘tkazilishi tartib-qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi. Suhbat natijalari 100 ballik tizimda baholanishi va saralash bali 55 balldan iborat ekanligini bildirdi. Suhbat jarayonida tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarning mehnat faoliyatini olib boriayotgan soha bo‘yicha umumiy ma’lumotga egaligi, lavozim vazifalari, oliy ma’lumot olishdan maqsadi aniqlanishini ta’kidladi. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarni filial Sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish va uning natijalarini belgilash bo‘yicha suhbat komissiya yig‘ilishini ochiq deb e’lon qildi.

Qabul komissiyasi mas’ul kotibi D.Quvvatov tomonidan filial Sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarni suhbat o‘tkazilishi uchun auditoriyaga taklif etildi. Qabul komissiyasi mas’ul kotibi  D.Quvvatov so‘zga chiqib, qatnashchilarni filial direktorining 2021 yil 11 oktyabrdagi “2021/2022 o‘quv yili uchun tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarni sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  317A/F – sonli buyrug‘i (1-ilovasi)ga asosan taqdiqlangan suhbat komissiyasining tarkibini tanishtirdi. Suhbat komissiyasi ishida ishtirok etish uchun Surxondaryo suv ta’minoti MCHJ ning iqtisod bo‘limi boshlig‘i X.Buriyev, bosh muhandis E.Boltayev, Qashqadaryo suv ta’minoti MCHJ ning kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Bekmurodova, bosh dipetcheri Gʻ.Bo‘riyev, Koson DMQQ MCHJ kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Burxonov, Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Safarov va Qashqadaryo Agroservis MTP MCHJ ning kadrlar bo‘limi boshlig‘i F.Toshtemirovalar filialga tashrif buyurishdi. Abituriyentlar baholash mezonlari va suhbat o‘tkazish tartib qoidalari bilan tanishtirildi va tayyorgarlik ko‘rib bo‘lgach suhbat jarayoni boshlandi. Abituriyentlar suhbat komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Komissiya a’zolari abituriyentlarning savollarga bergan javoblarini baholab bordi. Qabul komissiyasi mas’ul kotibi D.Quvvatov, suhbat jarayoni yakunlanganligini e’lon qilib, abituriyentlarga suhbat natijalari bir ozdan so‘ng e’lon qilinishini aytib o‘tdi.  Suhbat komissiya raisi va a’zolari tomonidan 2021-2022 o‘quv yili uchun Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarni filial Sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbatga qo‘yilgan o‘rtacha ballni hisoblab chiqdi va komissiyaning xulosasini e’lon qildi. Komissiya xulosasiga asosan Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarning barchasi talabalikka tavsiya etildi va ularga kelgusida o‘z sohalarida yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlarini va soha rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga yuksak ishonch bildirildi.

TIQXMMI matbuot xizmati