Bir haftalik malaka oshirish kursida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3003-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2018 yil 1 avgustdagi “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash toʻgʻrisidagi” 74-sonli buyrugʻi ijrosini taminlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazida 2018 yil 17- dekabrdan 23-dekabrgacha Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi “Tuman Irrigatsiya boʻlimi boshliqlari” boshliqlari uchun 7 kunlik malaka oshirish kursi tashkil etilgan kursda ishtirok etayotgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati tuman irrigatsiya boʻlim boshliqlari institutimizning “Gidromelioratsiya” fakultetida taʼlim olayotgan Qashqadaryo va Surxondaryolik talaba yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda koʻp yillardan buyon suv soxasida ishlab kelayotgan Surxondaryo viloyati Uzun tumani irrigatsiya boʻlim boshligʻi Doʻstlik ordeni soxibi Yusup Saidov talaba yoshlarning institutdagi faoliyati, oʻquv jarayonini, ularning muammolari ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishishdi va dildan suhbatlashdi. Talabalarga hozirgi kunda suv xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berildi. Oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻzlari ishlab turgan korxonalarida oʻtkazishga taklif qilishdi va yordam berishlarini bildirishdi. Institutni shu yil tamomlayotgan talabalarni ishga taklif qilib hamkorlikda birga bir tanu bir jon boʻlib ishlashga chaqirdi.
PKQT va UMO tarmoq markazi boʻlimi boshligʻi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov