Muammolarga kreativ yechim

Talabalarning ongu shuuri va tafakkurini kengaytirish ularning ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtiroki bilan belgilanadi. Sohaga oid yangiliklarni bilishlari, davr talab etgan masalalarga yechim izlashlari, o‘zlarining innovatsion yondashuvlari bilan faol qatnashishlari talabalarning kreativligini oshirishga xizmat qilishi muqarrar. Shu maqsadda bugun institutimiz ma’ruzalar zalida 22-aprel “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan “Yer resurslarini boshqarish va muhofaza qilishda innovatsion yondoshuvlar: muammo va kreativ yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Mamatov, hamda  “O‘zdaverloyiha” DILI bosh direktori R.To‘raev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, t.f.d. T.Z.Sultonov, “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh. Narbaev va fakultet  jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Hafta davomida “Yer - umumiy boylik, uni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir” shiori ostida xuddi shu mavzuda talabalar orasida munozaralar va innovatsion ishlanmalar va foto suratlar tanlovi, hamda “Yer - umumiy boylik” mavzusida intellektual o‘yin kabi dasturli tanlovlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirda tanlovlarda faol qatnashgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘olib talabalar homiylarimiz tomonidan esdalik uchun planshet, telefon, kitoblar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

YeRB fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov