21-mehribonlik uyida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir

Yurtimizda kelajak avlodga alohida e'tibor qaratilayotgani hech kimga sir emas. Shu o'rinda 21-mehribonlik uyida  tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkillashtirildi. Unda  "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 1 kurs talabalari guruh murabbiysi S.Abduraxmonov boshchiligida  Toshkent shahridagi 21-sonli mehribonlik uyining Yunusobod tumani 19-daha 18-uy 137-xonadonidagi filialiga borishdi. U yerda 21-sonli mehribonlik uyining 5 nafar bolajonlarini Umida opa o'z qaramog'iga olgan.  Tadbirni 105 - guruh murabbiysi — “GvaGI” kafedrasi dotsenti S.Abduraxmonov ochib berdi.

U o'z so'zida davlatimizda yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalash yo'lida kelajak avlodga alohida e'tibor qaratilayotgani, ularni aqlan va jismonan sog'lom voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganligi haqida to'xtalib o'tdi. Tadbir davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga Respublikamiz Prezidentining yosh avlodni hech kimdan kam bo'lmay, sog'lom va barkamol voyaga yetkazish yo'lida ko'rsatayotgan cheksiz g'amxo'rligi, bugungi kunda mamlakatimizdagi tinchlikni,  asrab - avaylash kerakligi, bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar to'g'risida to'xtalib, bularni qadriga yetishni ta'kidladi. Tadbir so'ngida fakultet talaba-yoshlari tomonidan yig'ilgan xayriya pullaridan ularga bitta katta shkaf va bolalarning har biriga qishlik kiyim-kechaklar sovg'a qilindi.
 

 

YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati