Mehr – muruvvat va savob yo‘lida

2019 yil 22 noyabr kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining Yoshlar ittifoqi faollari va fakultet jamoasi xayrli ishga qo‘l urishdi. 2019 yil 20 dekabr kuni “Nogironlar uyi” va “Mehribonlik uyi” ga Yangi yil bayrami arafasida mo‘ljallangan tashrifga saxovatpesha talabalar va professor-o‘qituvchilarni jalb etish maqsadida “B” o‘quv binosining 2-qavatiga “Zero, inson qadr-qimmati boylik bilan emas, balki uning bergan mehr-muruvvati va qilgan savobli ishlari bilan o‘lchanadi” shiori ostida “Xayriya qutisi” ni o‘rnatishdi. Xayriyadan tushgan mablag‘ yuqorida keltirilgan maskanlarga tashrif vaqtida uyushtiriladigan tadbirlarga sarflanadi.

“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov