Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Kar’yera kuni” onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining  “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi” tomonidan 2021-yil 21-may kuni 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat va magistratura bitiruvchilari hamda ish beruvchilar o‘rtasida yosh iqtidorli mutaxassis kadrlarni munosib ish bilan ta’minlash asosida o‘z sohasini barqaror rivojini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro manfaatli uchrashuv o‘tkazildi. Hozirgi kunda institutda jami 7 ta fakultet mavjud bo‘lib, bakalavriat bosqichida 25 ta ta’lim yo‘nalishida va magistratura bo‘limida 30 ta mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlandi. Institutni 2020/2021 o‘quv yilida 2087 nafar talabalar tamomladi. 1901 nafar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jumladan 423 nafari davlat granti asosida, 161 nafar magistratura mutaxassisligida 107 nafar davlat granti asosida va 25 nafar sirtqi ta’lim bo‘yicha bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida onlayn-videomuloqot o‘tkazildi. Videomuloqotni institut birinchi prorektori prof. B.S.Mirzayev ochib berdi. Videomuloqotda so‘zga chiqqanlar Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.Qarshiyev hamda kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.Lapasov va Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlar, "O‘zgidroenergo" AJ kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.Maxmudov  "O‘zgidroenergo" AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari va Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi, Toshkent suv omborlari kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.Akmalova, Toshkent shahar suv ta’minoti yetakchi mutaxassisi A.Temirov, “SUVSANOATMASH” aksiyadorlik jamiyati kadrlar bo‘limi inspektori Q.To‘raeva, Kartografiya DICHK kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.Nizomov, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi O.Nizomov, O‘z.Res.Davlat Geologiya va meneral resurslar boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.Balxibaev, Gidromaxsus qurilish AJ umumiy bo‘limi boshlig‘i S.Sottiqulov, O‘zsuvqurilish Bosh inspektori N.Raximjonovalar tomonidan taklif etilayotgan ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi direktori o‘rinbosari A.Ashurov tomonidan ish.mehnat.uz  va vacancy.argos.uz portallaridan foydalanib Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasidan foydalanib bo‘sh vakant o‘rinlarni topish, bu vakant o‘rinlarga qanday qilib onlayn murojaat qilish va rezyume joylashtirishni institut bitiruvchilariga “Master klass” o‘tkazib berdi.

2020/2021 yilda bitiruvchilarning davlat imtihonlariga tayyorgarligi va bitiruv malakaviy ishlari himoyasi uchun karantin davrida institut tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi. Bitiruvchilar bilan tashkil etilgan onlayn-videomuloqot 2 soatdan oshiq davom etdi.

Muloqot davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan yozma va og‘zaki usulda murojaat qilishdi va berilgan savollariga ish beruvchi tashkilotlar tomonidan to‘liq javob va ma’lumotlar olishdi.