O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida tranformatsion jarayonlar
2021 yil 23 oktyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti binosita tashkil etilgan ATB turonbankning “ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi”da navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda ATB Turonbank Chakana xizmatlar ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari Vaxabov Eldor Baxtiyor o‘g‘li ma’ruzasi sifatida ishtirok etdi. ATB Turonbank Chakana xizmatlar ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari Vaxabov Eldor Baxtiyor o‘g‘li O‘zbekiston bank moliya tizimida chakana xizmatlar ko‘rsatish sohasiining o‘rni va hozirgi davrda tijorat banklarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida seminar ishtirokchilariga qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Mustaqillik yillarida MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi o‘z to‘lov tizimini tashkil etgani to‘g‘risidaga fikrlar, plastiklarning joriy etilish jarayonlari hamda bugungi kunda O‘zbekiston bank tizimi xalqaro standarlarga o‘tkazilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar seminar ishtirokchilarida katta qiziqish hosil qildi. Seminar savol javoblarga boy bo‘ldi.
TIQXMMI matbuot xizmati