2020-2021 oʻquv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha “Karyera kuni-2021” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
“Karyera kuni-2021” mehnat yarmarkasida Buxoro shahar bandlik boshqarmasi B.Maxmudov, Buxoro viloyat yer loyiha boʻlinmasi xodimlar boʻlimi boshligʻi L.Avezova, Buxoro hududiy elektr tarmoqlari xodimlar boʻlimi boshligʻi J.Roʻziyev, Buxoro viloyati kadastr agentligi xodimlar boʻlimi inspektori S.Roʻziyeva, Buxoro shahar “Oʻzdaverloyiha”xodimlar boʻlimi mudiri X.Samadova, “Shofirkondavsuvmaxsuspudrat”DUK xodimlar boʻlimi inspektori A.Saidov, “Buxorodonmahsulotlari” AJ xodimlar boʻlimi inspektori R.Saidaxmedov, “Amubuxorokanalqurilish” AJ rais muovini M.Babayev, “Buxorosuvxizmat” MCHJ xodimlar boʻlim boshligʻi M.Radjabova,
Buxoro viloyati Suvoqova DUK muhandisi Oʻ. Amu Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimlar boʻlimi boshligʻi A.Joʻrayev, “Romitandavsuvmaxsuspudrat” DUK xodimlar boʻlimi inspektori N.Mamurova, “Buxorodavsuvmaxsuspudrat” DUK xodimlar boʻlimi inspektori R.Axmedova, “Oʻngqirgʻoq” kollektori tizimidan foydalanish boshqarmasi xodimlar boʻlimi inspektori I.Mamatnazarov, Amu Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi xodimlar boʻlimi boshligʻi R.Raxmonov, “UZCASE” servis O.Aloyev, “Buxoro teleradiokanali” vakillari, muxbirlari va bir qator boshqa ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar vakillari.
TIQXMMI Buxoro filialidan: barcha direktor oʻrinbosarlari, dekanlar va kafedra mudirlari, Reja va moliya boʻlimi, Kadrlar boʻlimi hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitiruvchi talabalari qatnashishdi. TIQXMMI Buxoro filialida tashkil etilgan “Karyera kuni-2021” mehnat yarmarkasida 98% bitiruvchilar ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishdi. “Karyera kuni-2021” mehnat yarmarkasi o’z maqsadiga erishdi deb bemalol ayta olamiz!
TIQXMMI Matbuot xizmati