Talabalar Tamaraxonim muzeyida
Kuni kecha “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova ishtirokida 3 kurs 2 - guruh talabalarini Tamaraxonim muzeyiga sayohat uyushtirishdi. 1994-yildan doimiy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Tamaraxonim liboslari ko‘rgazmasi e’iborga molik. Mazkur uy-muzeyda Tamaraxonim hayotining so‘nggi yillari yashab o‘tgan xonalar intererlari saqlab qolingan. Shuningdek, uning ko‘plab sahna liboslari, betakror suratlar to‘plami, va shoiraning ko‘plab chop etilmagan she’rlari hamda memuarlari mavjud. Muzey to‘plamiga shu bilan bir qatorda tasviriy san’at namunalari, liboslari va ro‘zg‘or buyumlari ham kiritilgan. Muzeyning ko‘rgazmalar zalida Tamaraxonimning sahna liboslari, o‘zbek milliy liboslari namoyishlari o‘tkazib kelinadi.
Shuningdek, Tamaraxonimning hayoti va ijodiga qiziquvchi talaba-yoshlarga muzey xodimlar tomonidan qo‘yidagicha ta’riflar berib o‘tildi. Ushbu mashhur ayolning taqdiri tom ma’noda Shumshuk qiznikiga o‘xshashdir. U butun dunyoga shuhrat qozonishdan avval ochlik va kambag‘allikni boshdan kechirgan. Uning ismi nafaqat Sovet Ittifoqi bo‘ylab, balki undan tashqarida ham shov-shuvga sabab bo‘lgan. Asli o‘zbek shaharchasidan bo‘lgan bu arman qizining shuhrat qozonishida, shubhasiz uning aniq maqsad sari intilishi, mehnatkashligi va noyob badiiy mahorati qo‘l kelgan.
Tamara Xonim 1906-yil 29-mart kuni Turkiston o‘lkasining Gorchakovo bekatiga (hozirgi Marg‘ilon shahri) surgun qilingan Anna va Artyom Petrosyanlarning kamsuqum oilasida dunyoga kelgan. O‘zbek mahallada ulg‘ayib, qizaloq qoshi-ko‘zi qora sho‘x-shodon mahalliy bolakaylardan qolishmadi. Mahallada daydi artistlar truppasi paydo bo‘lgach, barcha tamoshaga yugurardi. Tamarani ko‘zboylog‘ichlar, dorbozlar va raqqoslar o‘ziga sehrlab qo‘ydi. Uyda u ko‘rgan harakatlarini beixtiyor takrorlardi. Borgan sayin uning harakatlari ildamroq bo‘lib, olti yoshga kirib, qizaloq yaqinlarini qarshisida raqsga tushib, tahsinlarga sazovor bo‘lgan. Shu tariqa katta sahnalarga chiqib, muxlislar orttirib Tamaraxonim degan nom qoldirganligini talaba-yoshlarga ma’lumot berib o‘tishdi. Talabalar katta taassurotlar bilan qaytishdi.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati