Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (8.10.2019 yil, PF-5847) da ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni o’quv jarayoniga faol jalb qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy misollardan keng foydalanish kabi yo’nalishlarda oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o’zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash vazifalari belgilab berilgan.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsialash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti TTTEM yo’nalishi 1-kurs talabalari guruh murabbiylari A.Mustafoqulov va A.Pardayevlar rahbarligida “Turon elektromantaj” AJga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, yoshlar o‘rtasida ilmiy va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, fikr, tajriba almashish uchun sharoit yaratish, yoshlarni ilmiy texnik rivojlanish yo‘lida birlashtirish, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.
“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi
assistenti A. Mustafoqulov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati