Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga qilinayotgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlarni qo‘llab — quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar Vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridir.

2021-yil 27-oktabr kuni Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Q.Choriyev institutimizning faol yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar Kengashi a’zolari, fakultet Yoshlar yetakchilari, har bir fakultetning eng faol talabalaridan vakillar, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va yoshlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan barcha bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.  Uchrashuv talaba-yoshlarning, xususan, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlari, kelgusi faoliyatidagi rejalar, talabalarni qiynayotgan muammolar va ularning samarali yechimiga bag‘ishlandi. Uchrashuvni Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Q.Choriyev boshlab, institutda yoshlar bilan ishlash masalasida olib borilayotgan faoliyat xususida gapirib, ushbu faoliyatni yuqori pog‘onoga ko‘tarish, institutda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollarini roli va o‘rnini oshirish haqida fikrlar bildirib, bu boradagi takliflarini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng navbat talaba-yoshlarning faol qatlamiga fikr va takliflarini bilidirish uchun berildi. Dastlab, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisining birinchi o‘rinbosari A.Hasanov o‘zining kelgusi faoliyat va talabalarning qonuniy manfaatlarini yanada himoya qilish bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tdi. Davomidan Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti magistranti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi soxibasi R.Yigitaliyeva ham yuqoridagi takliflarni maqullab, o‘zining qo‘shimcha takliflarini berdi. Uchrashuvga tashrif buyurgan har bir talaba, fakultet Yoshlar yetakchilari va insititut Yoshlar Kengashi a’zolari Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Q.Choriyevga o‘zining takliflarini bildirishdi. 3 soatdan ortiq davom etgan uchrashuvda bildirilgan takliflar va aytilgan muammolarning ayrimlari joyida hal etildi. Do‘stona va ochiq tarzda o‘tgan muloqot Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega” – degan fikri bilan yakunlandi.

TIQXMMI matbuot xizmati