O'zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari institutimizda
Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga O'zbekiston Respublikasidagi barcha Oliy ta'lim muassasalaridagi O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari tashrif buyurdi. Xabaringiz bor noyabr oyi boshida Toshkent shaharida joylashgan barcha Oliy ta'lim muassasalaridagi yetakchilar tashrif buyurgandi. 22-noyabr kuni Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan va hozirgi kunda ko'plab yoshlarni qamrab olayotgan "StudFest" loyihasini ochilish marosimida "Murad Buildings" asoschisi Murod Nazarov, Toshkent shahar kengashi raisi Durdona Raximova, Markaziy kengash raisi birinchi o'rinbosari Akmal Jumaboyev bilan bir qatorda Institutimiz Yoshlar yetakchisi Akmal Berdimurodov ham ishtirok etdi.
Bu ham albatta nufuzli institutimizni Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida tutgan o'rnini naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi. Bugungi uchrashuv ham yetakchilar forumi doirasida tashkil etildi. Fursatdan foydalangan holda bizni institutimizga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Institut Yoshlar yetakchisi xonasi, "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti Yoshlar kengashi xonasi, Institut ma'naviyat bo'limiga hamda Konferensiyalar zalini ko'zdan kechirishdi. Institut yoshlar yetakchisi xonasini ko'zdan kechirish davomida boshlang'ich tashkiloti hujjatlari, faol talabalar tomonidan erishilgan yutuqlar-u sovg'alar bilan tanishishdi, xonadagi yoshlarga yaratib berilgan sharoitlardan haqiqatdan ham lol qolishdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Tashrif davomida ma'naviyat bo'limida ham bo'lib jarayon bilan tanishishdi. Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor R.Choriyev yetakchilarga o'z maslahatlari hamda tavsiyalarini berib ularni ishlariga rivoj tiladi. Navbat "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti Yoshlar kengashi xonasiga yetib keldi bu yerda mehmonlarni faol talabalar xush kayfiyat bilan kutib olishdi hamda hozirda faollar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat qurishdi.
Akmal Berdimurodov hamda fakultet yoshlar yetakchisi Haytboy Iskandarov yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar hamda loyihalar yuzasidan ma'lumotlar berib o'tdi. Undan keyin barcha mehmonlar Konferensiyalar zaliga to'planib Yoshlar Ittifoqi tizimidagi muammolar, imtiyozlar yuzasidan fikr almashdi. Yoshlar yetakchilariga tajribali yetakchi Alimov Uchqun o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Kun oxirida barcha Oliy ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan yetakchilar tashkil etilgan uchrashuvdan ma'mnun holda institutimizning hozirgi holatidan beqiyos taassurotlar bilan qaytishdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov