Malaka oshirish talabi

Barcha ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-moliyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarning oʻziga xos nazariy va amaliy asoslari bor. Uni bilish va koʻnikma hosil qilish zarur. Shundagina oʻz sohasiga doir yangiliklar bilan tanishadi, bilimlarini oshiradi, mustahkamlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3003-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2018 yil 1 avgustdagi “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash toʻgʻrisidagi” 74-sonli buyrugʻi ijrosini taminlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2018 yil oktyabr - noyabr oylarida Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi “Suv qurilish invest” davlat unitar korxonalari direktorlari, “Meliorativ ekspeditsiya”, “Nasos stansiyalari boshliqlari”, “Suv omborlari boshliqlari” va tuman Irrigatsiya boʻlimi boshliqlari uchun 10 kunlik malaka oshirish kursi tashkil qilinmoqda. Malaka oshirish jarayoniga ishlab chiqarish korxonalaridan koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan yetakchi mutaxassislarning jalb etilishi oʻquv jarayonini sifatli tashkil etilishini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

PKQT va UMO tarmoq markazi boʻlimi boshligʻi Javlonbek Qutlimurotov axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov