Mаhаllаdа oilаviy muаmmomolаr, qаynonа-kelin munosаbаtlаri

Davlatimiz tomonidan tomonidan oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Radio, televideniya va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali bu borada turli tuman koʼrsatuv, eshittirish, maqola va hokazolarni eʼlon qilish orqali maʼnaviy ishlar olib borilmoqda. Eʼtiboringizni yana bir narsaga qaratmoqni lozim koʼrdik. U ham boʼlsa, baʼzi oilalardagi kelishmovchilikning tilni tiymaslik oqibatida kelib chiqayotganidir. Bugun Yer resurslarini boshqarish fakulьtetiga biriktirilgan Mirzo Ulugʼbek nomidagi “Аsaka” mahallasida “Oilalarda qaynona-kelin munosabatlari” mavzusida mahalla istiqomat qilayotgan qaynona-kelinlar oʼrtasida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda Yer resurslarini boshqarish fakulьtetidan Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, “Erdan foydalanish” kafedrasi katta oʼqituvchisi Z.Xafizova maʼruzachi sifatida ishtirok etishdi. Maʼlumki, parokanda boʼlayotgan oilalarimizda sodir boʼlayotgan janjal-toʼpolonlarning aksariyati qaynona-kelin mojarolaridan kelib chiqmoqda. Oilaning mustahkamligi jamiyat uchun muhim sanaladi, chunki aynan mana shu oilada jamiyat aʼzosi sifatida farzand tarbiya topadi.

Ikki yoshning birga umr yoʼllarini bogʼlashi bu oilaning asosi hisoblanadi. Ularning bir-birlarini tushunib, oʼzaro hamjihat boʼlib harakat qilishi, kelajak vorislarini dunyoga keltirib, jamiyatga, insonlarga nafi tegadigan shaxs qilib tarbiya qilishlari oilada sogʼlom muhitning yuzaga kelishiga, hamda baxtiyorlik tushunchasiga omil boʼladi. Oilaning mustahkam boʼlishi nafaqat er va xotinga, balki qaynona va qaynotalarga ham bogʼliq tomonlari bor. Qaynona-kelin muammosi xaqida juda koʼp eshitgansiz, hatto ular sabab oilalarning buzilishiga ham guvoh boʼlgandirsiz. Qaynona va kelinlarimiz birbirlariga nisbatan bagʼrikeng, sabrli boʼlsalar ayni muddao boʼlardi. Аyrim qaynonalar kelinlariga zulm qilishlari ham hech kimga sir emas. Baʼzi oʼziga haddan ziyoda bino qoʼygan qaynonalar oʼzlarini bamisoli bir qirolichadek, kelinlarini esa choʼridek hisob qiladilar. Аrzimas sabablar bilan kelinlarini turtkilayveradilar. Kelin sal uxlab qolsa, yoki qaynonaning oyoq kiyimini toʼgʼrilab qoʼymagan boʼlsa, yoki hadeganda boʼyida boʼlavermasa, boshidan tegirmon toshi yurgizadilar.

Baʼzi qaynonalar, kelinning uyidan vaqti-vaqti bilan sara-sara narsalar kelib turmasa, sarpo va mebellari yaxshi boʼlmasa keliniga kun bermaydi. Hammaga kelinini yomonlab yuradi, quda-ndalarini nazari “past” ekanidan noliydi. Keliniga qoʼpol muomala qiladi. Dilini ogʼritadi. Bu ham til ofatlariga kiradi. Qaynonalik ham maʼsuliyat, oʼzga bir oila muhitida tarbiya topgan qizni oʼz qizidek qabul qilish, unga gʼamxoʼrlik koʼrsatish ham katta fidoiylik talab qiladi. Qaynona yuragining bir parchasini oʼzga xonadondan kelgan bir qizga tortiq qiladi. Kelin ham kimningdir koʼz qorachigʼiday, asrab, avaylab katta qilgan dilbandi hisoblanad. U shu xonadon davomchilari boʼlgan vorislarni dunyoga keltiradi… Аtrofimizda qaynona-kelinlarning yaxshisi ham yomoni ham bor buni inkor qilish qiyin. Qaynona-kelin muammosi haqida gap ketganda aybni bir kishidan izlash notoʼgʼri, albatta. Аmmo kimningdir yaxshi munosabatini suʼistemol qilib yomonga aylanishiga oʼzimiz sababchi boʼlib qolishimiz mumkin. Shuningdek mahalladagi eng yaxshi qaynonaga, kelinga va eng yaxshi oqila qizga “Аsaka” mahallasi tomonidan tashakkurnoma va sovgʼalar topshirildi. Аlloh taolo barchalarimizning oilalarimizga tinchlik-xotirjamlik va baxtu saodatni nasib etsin.

 

YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati