Ilm quvvati va hikmati
GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan 28 mart kuni Dinshunoslik fanidan olimpiadaning 1-chi bosqichi boʻlib oʻtdi. “Gumanitar fanlar” kafedrasi oʻqituvchilari boshchiligida Nodira Alimuhamedova, Nodira Rahmonberdiyeva va Otabek Normatov olimpiadani mazmunli oʻtkazishdi. Unda istitutning 15 nafar talabalari ishtirok etdi. Dinshunoslik fani olimpiadasi tanlovining 1-chi bosqich gʻolibi GIM fakulteti 4/6 guruh talabasi Abdusamatov Boburmirzo sazovor boʻldi.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov