Temuriylar muzeyiga tashrif
“Yer resurslarini boshqarish” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova va “Yerdan foydalanish” kafedrasi assistenti Barno Halilova boshchiligida bugun 1 kurs talabalarini Temuriylar tarixi muzeyiga sayohat uyushtirishdi. Sayohat mobaynida Temuriylarga tegishli tarixiy ma’lumotlarni muzey xodimlari tomonidan qo‘yidagicha ta’riflandi. Mohir sarkarda va siyosatchi, islohotchi, savdo-sotiq, hunarmandchilik ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur Movarounnahr siyosiy kurash maydonida, Amir Temurning fathi, Mo‘g‘ullarning chekinishi, Husayn va Temurning Samarqandni egallashi hamda ular o‘rtasidagi nizoni kuchayishi kabi bir qator bobomiz tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, talabalar bobomiz Amir Temur tarixi muzeyiga tashrif chog‘ida qadimiy pul muomala vazifasini o‘tagan kumush tangalar, qurol-aslahalar, sopol idishlar va tarixiy qo‘lyozmalarni kuzatish va ular haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institutning matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov