Mardlik – mangulik
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev rahbarligida “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs 202-guruh talabalari “Jasorat” monumental majmuasiga tashrif buyurishdi. Eslatib o‘tamiz, “Jasorat” monumenti Toshkentda 1966 - yilning 26 - aprelida yuz bergan zilzila munosabati bilan 1970-yilda ochilgan. Haykalning orqa tomonida esa yettita yo‘laklarda Toshkent shahriga zilziladan keyin qardosh respublikalar tomonidan ko‘rsatilgan yordam o‘z aksini topgan. Bu yodgorlik bir tomondan og‘ir damlarda xalqimizning tabiiy ofatga nisbatan mardonavor kurashini, jasoratini aks ettirsa, ikkinchi tomondan xalqlar do‘stligining yuksak namunasi ifodasi deyish mumkin. Bu tashrif talabalarda katta taassurot uyg‘otdi. Bu taassurotlar ularning mard, jasur va matonatli bo‘lib kamol topishlarida muhim rol o‘ynaydi.
Dotsent Adham Mamataliyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov