Gidrotexnika qurilishi fakultetida o‘tkazilgan Respublika olimriadasining 1 – bosqichi bo‘yicha olingan natijalar bo‘yicha
Respublika Olimpiadasini o‘tkazish fakultet kafedralarining dolzarb va mas’uliyatli masalalaridan ekanligini va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ vazifalarini bajarishda bu masalaga keng e’tibor berilayotganligini inobatga olib, Gidrotexnika qurilishi fakultetida “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari”, “Nazariy va qurilish mexanikasi”, “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish”, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi“ kafedralarida “Gidrotexnika inshootlari”, “Injenerlik konstruksiyasi”, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”, “Muhandislik va kompyuter grafikasi”, “Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Qurilish mexanikasi”, “Nasos va nasos stansiyalari” fanlaridan Respublika olimpiadasining 1-bosqichi o‘tkazildi. Olimpiadaning 1 – bosqichida institutimizning turli fakultetlaridan talaba ishtirok etdi. Respublika Olimpiadasini yuqori saviyada “Nizom” talablari asosida o‘tkazish talab darajasida amalga oshirildi.
Olimpiada natijalari bo‘yicha “Gidrotexnika inshootlari”, “Injenerlik konstruksiyasi”, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”, “Muhandislik va kompyuter grafikasi”, “Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Qurilish mexanikasi”, “Nasos va nasos stansiyalari” fanlaridan Safarov Olim Faxriddin o‘g‘li, Jiyanov Sherzod Shavkatjonovich, Abduqodirov Farxod, Ismatillaev Xojiakbar Xurshid o‘g‘li, Jiyanboev Zokirjon, Dushaboev Shaxboz Nematjon o‘g‘li, Shoakbarov Sherzod Shavkatovich, Turaev Turabek Karimjon o‘g‘li, Xolboev Vahobiddin Bahodir o‘g‘li, Dadamirzaev Odiljon Islomjon o‘g‘li, Kurseitov Axtem Islomjon o‘g‘li, Shukurov elyor Zafar o‘g‘li kabi talabalar 1 va 2 o‘rinni egalladi.
TIQXMMI matbuot xizmati