Galdagi ko‘chma mashg‘ulot
2019 - yil 22 - oktabr kuni TIQXMMI Qarshi filiali “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 1-kurs 106-guruh talabalari uchun “Umumtexnik fanlar” kafedrasi o’qituvchisi J.Sag’diyev rahbarligida Suv xo’jaligi melioratsiyasiga kirish fanidan ko’chma amaliy mashg’ulot tashkil etildi. Mashg’ulotni o’tishda Amu-Qashqadaryo Irrigatsiya Tizimlari Havza Boshqarmasi huzuridagi Meliorativ Ekspeditsiyasida tashkil etilgan laboratoriyada mavjud zamonaviy jihozlardan foydalanildi.
Melioratsiya sohasidagi bajarilayotgan ishlar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Mashg’ulotni olib borishda Biokimyo laboratoriyasi mudiri va laboranti ishtirok etdi.
institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov